Toşkent şahar Çilonzor tumanida joylaşgan Markaziy harbiy sport klubida Jahon Kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli iştirok etgan va yangi Jahon rekordini örnatgan özbekistonlik paralimpiyaçi Server Ibragimovni Özbekiston hukumati tomonidan taqdirlaş va mukofatlaş marosimi bölib ötdi.

Bu haqda Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda Özbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi örinbosari U. Ahmadjonov Özbekiston Öq otiş federatsiyasi raisi R. Eminjonov, Madaniyat sport işlari vazirligi, Milliy Olimpiya qömitasi, assotsiatsiya xodimlari, OAV vakillari, sportçilar, murabbiylar, hakamlar va boşqalar iştirok etdi.