Joriy yilning 2 may kuni “ÖzRTXB” AJning boşqaruvining 2015 yilning birinçi çorak yakunlari va ikkinçi çorak vazifalariga bağişlangan kengaytirilgan majlisi bölib ötdi. Majlisda markaziy apparat bölimlar va hududiy filiallarning boşliqlari iştirok etdilar. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yiğilişda joriy yilning birinçi çoragida birjaning barça savdo platformalarida 2,01 trln söm hajmda bitimlar tuzilganligi e'tirof etildi. Birja savdolari orqali 1,6 trln sömlik tovarlar sotilib, ularning tovar birjasining umumiy tovar aylanmasidagi uluşi, boşqa savdo platformalarida savdo körsatkiçlari ösganligi bois, 84,5 foizdan 80,6 foizgaça pasaydi.

Xususan sotuvlar böyiça ijobiy dinamika yarmarka savdolari, hamda davlat va korporativ xaridlar tizimi böyiça qayd etildi. Bunda hisobot davrida yarmarka savdolari eng yuqori ösiş sur'atlarini namoyon etdi – 32,2 foiz, yoki 231,1 mlrd sömgaça.

Uşbu davrda xususiy tadbirkorlarning xomaşyo resurslaridan foydalaniş imkoniyatlari kengaydi. Bu esa ularning birja, yarmarka va auksion savdolarida faol iştirok etganligida öz tasdiğini topmoqda. 2015 yilning birinçi çoragida tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 1,1 trln sömlik mahsulotlar sotib olingan bölib, bu 2014 yilning birinçi çoragi bilan soliştirganda 25,5 foizga köpdir. Şu bilan birga, ular 401,4 mlrd sömlik özlari işlab çiqargan mahsulotlarni sotdilar va uşbu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 46,9 foizga ösdi. Birjaning umumiy tovar aylanmasida tadbirkorlar tomonidan tuzilgan bitimlar hajmining uluşi esa ötgan yilning mos davriga nisbatan 58,2 foizdan 75,2 foizgaça ösdi. Tadbirkorlik sub'yektlari iştiroki bilan tuzilgan bitimlarning ösişi respublikamizning deyarli barça viloyatlarida kuzatildi.

Öz navbatida, tadbirkorlar tomonidan elektron savdolari orqali sotilgan mahsulotlar hajmini keskin ösişi, davlat va korporativ xaridlarni amalga oşirişda kiçik korxonalar salohiyatidan keng foydalaniş uçun qöllanilayotgan çoralar öz samarasini berayotganligidan dalolat beradi.

“D-xarid” davlat xaridlari böyiça ötkazilgan elektron savdolar hajmi 78,3 mlrd sömgaça, yoki 18,6 foizga ösdi, byudjyet mablağlarini tejalişi 22,0 mlrd sömni taşkil etdi va bu 2014 yilning mos davriga nisbatan 22,5 foizga köpdir. Kiçik biznes sub'yektlarining davlat xaridlari böyiça tuzilgan bitimlarning soni va ularning hajmidan 99 foiz ziyodini taşkil etdi.

“E-xarid” – korporativ xaridlarining hajmi esa 20,1 foizga, ya'ni 80,7 mlrd sömgaça kötarildi. Bunda moliya mablağlarini tejalişi 2014 yilning birinçi çoragiga nisbatan 15,6 mlrd sömdan 18,4 mlrd sömgaça oşdi. Kiçik biznesning korporativ xaridlar böyiça mahsulotlarni yetkazib berişdagi uluşi 97 foizga yetdi.