2015 yil 7 may, Toşkent. Aloqa operatori Beeline “Uçinçi avlod” amaliyot ötaş doirasida ikkinçi saralaş bosqiçi ötkazilgani haqida xabar beradi.
Test sinovlari 6 may kuni Toşkent axborot texnologiyalari universitetining (TATU) elektron kutubxona zalida bölib ötdi. Tanlov saralaş bosqiçida Halqaro Vestminster universiteti, Singapur menedjmentni rivojlantiriş instituti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Toşkentdagi Moskva davlat universiteti, Özbekiston Milliy universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti, Toşkent moliya instituti, Toşkent davlat texnik universiteti va boşqa oliygohlardan 70dan ziyod talabalar iştirok etişdi.
“Test sinovlari onlayn-tizimda ötkazildi, va talabalar qator masalalarni yeçişlari lozim edi, - voqeani şarhlaydi Unitel‘ning jamoa bilan işlaş va taşkiliy rivojlantiriş böyiça direktori Yekaterina Agandjanova. – Maxsus işlab çiqarilgan web-resurs yordamida test natijalari darhol aniqlandi. Talabalarning intellektual darajalarini sinaş uçun yaratilgan innovatsion yondaşuv zamonaviy Beeline maqomini tasdiqlaydi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötgan talabalar HR-mutaxassislari va özlarining bölğusi rahbarlari bilan suhbatdan ötadilar”.
Test natijalari va suhbatdan muvaffaqiyatli ötgan 16 talaba mazkur yilning yoz mavsumidan boşlab Beeline‘da amaliyot ötaşlari mumkin.
2015 yili, dastur doirasida, tijorat ma'muriyati, texnik ma'muriyat, axborot texnologiyalari ma'muriyati, jamoa bilan işlaş va taşkiliy rivojlaniş böyiça ma'muriyatda, şu bilan birga, Beeline yuridik xizmatida amaliyot ötaş oçildi. Amaliyot ötaş bir yil davom etib, ikkita bosqiçga bölinadi. Birinçi bosqiç iyundan avgust oyigaça davom etib, talabalarga ta'til paytida tanlangan bölinmada töliq bandlik bilan amaliyot ötaşga imkon beradi. Amaliyot ötaş dasturining ikkinçi bosqiçiga özlarini yaxşi tomondan körsatgan, köproq darajada samarali bölgan talabalar ötadi. Ular kompaniyada bu yilning sentabr oyidan 2016 yilning iyun oyigaça, ham işlab, ham öqiş imkoniyatini ta'minlagan holda, mahsus moslaştirilgan grafik böyiça işlaşni davom ettiradilar.
Batafsil ma'lumot www.beeline.uz saytida.






