5 mayda Germaniyaning şimolida töfonli şamollar avj olib, bu hududlarda kam uçraydigan tabiiy ofat – quyun kuzatildi. Tabiiy ofat oqibatida 30 kişi turli darajada jarohat oldi, Gamburgda bir kişi şamol kötarib yuborgan tom ostida halok böldi.

Töfondan ayniqsa Byuttsov nomli kiçik şaharça köp talofat kördi. U yerda quyun daraxtlarni ildizi bilan suğurib, önlab maşinalarni töntarib taşladi, bir neçta binolarni barbod qildi va tom ma'noda köçalarni uylar tomlaridan uçirib yuborgan çerepitsalar bilan töldirib taşladi.

Mutaxassislar körilgan ziyonni baholaşmoqda. Ob-havo mutaxassislarining prognoziga köra, yaqin kunlarda yomon ob-havo şaroiti yana takrorlanişi mumkin.