“Özbektelekom” kompaniyasi tomonidan davlat organlari, korporativ mijozlar hamda aholiga Internetga xalqaro tezkor ulanişni taqdim etiş uçun yangi boğlama va ma'lumotlar uzatiş tarmoqlarini quriş böyiça loyihalar amalga oşirilmoqda.
Kompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, “Özbektelekom” zimmasidagi vazifalarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş uçun 2005 yilda Internet provayderlarga global Internet tarmoği resurslariga ulanişni ta'minlovçi “Özbektelekom” Xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) taşkil etilgan.
Foydalanuvçilarning Internet xizmatlariga bölgan talab va ehtiyojlarini yanada töliq ta'minlaş, şuningdek, kelgusida ma'lumotlar uzatiş tarmoqlari xizmatlarini rivojlantiriş uçun 2011 yilda Toşkent şahrida XPKM vositalari texnik ötkaziş qobiliyati 2,5 Gbit/s.dan 10 Gbit/s.gaça (4 marta), 2012 yilda esa 10 Gbit/s.dan 40 Gbit/s.gaça (4marta) kengaytirildi.
Özbekiston hududida xalqaro aloqa xizmatlariga ehtiyoj hamda ösib borayotgan talablarni, şuningdek, tranzit siğimiga bölgan talab va ehtiyojlarni hisobga olib hamda Özbekistonda Internet xizmatlarini yanada rivojlantiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlarni qabul qiliş uçun mavjud ötkaziş qobiliyatini oşiriş va çegaradoş mamlakatlar operatorlari bilan yangi çegaraga ötiş nuqtalarini quriş böyiça loyihalar amalga oşirildi
Xususan, Qönğirot (Özbekiston) - Beyneu (Qozoğiston), Paxta (Özbekiston) - Abay (Qozoğiston), Keles (Özbekiston) – Jibek Jöli q. (Qozoğiston), Keles (Özbekiston) – Sarağoç (Qozoğiston), Denov (Özbekiston) – Çirtak (Tojikiston), Andijon (Özbekiston) – Öş (Qirğiziston), Olot (Özbekiston) - Turkmanobod (Turkmaniston), Termiz (Özbekiston) – Hayraton (Afğoniston) va boşqa uçastkalarda xorijiy mamlakatlar operatorlari bilan yangi ötiş nuqtalari foydalanişga topşirildi.
Amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida, keyingi 5 yil mobaynida Internet xalqaro tarmoqlariga ulaniş böyiça kanallarning umumiy tezligi 15 martadan ortiq oşirildi va hozirgi vaqtda 19,25 Gbit/s.dan iborat. Bu davrda 1 Mbit/s. uçun örnatilgan tarif esa 14,5 marta kamaytirilib, 233,27 AQŞ dollarini taşkil etmoqda.
Özbekiston Prezidentining 2013 yil 27 iyunda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida “Özbektelekom” tomonidan “Xalqaro paketli kommutatsiya markazini kengaytiriş” loyihasi amalga oşirilişi, unga muvofiq mintaqalarda XPKMning yangi boğlamalari bosqiçma-bosqiç işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Mazkur loyihaning birinçi bosqiçida Buxoro şahrida ötkaziş qobiliyati kelajakda yanada kengaytiriş imkoniyati bilan 40 Gbit/s. bölgan XPKM yangi boğlamasining qurilişi yakunlandi.
XPKM boğlamalarini özaro boğlaş va Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantiriş uçun “Özbektelekom” Yaponiyaning NEX korporatsiyasi va Toyota Tsusho savdo uyi bilan hamkorlikda bir lyambdalarda 100 Gbit/s. tezlikdagi yangi DWDM-liniyasini foydalanişga topşirdi. Yangi liniya poytaxt Toşkentni Özbekistonning tarixiy yodgorliklar maskani – Buxoro şahri bilan boğladi.
Ta'kidlaş zarurki, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarida 100 Gbit/s.gaça tezlikda işlaydigan birinçi tizimdir. Mazkur tizimda 10 Gbit/s.gaça tezlikda işlaydigan an'anaviy DWDM-tizimlaridan katta farq qiladigan eng ilğor kogerent qabul qiliş va uzatiş texnologiyalari qöllanilgan.
Mazkur loyiha magistral aloqa liniyalari ötkaziş qobiliyatini va ma'lumotlar uzatişni bir neça marta oşirdi, bu esa mamlakatimiz foydalanuvçilarining Internet-xizmatlariga işonçli hamda yuqori tezlikda ulanişiga şaroit yaratilişiga yordam beradi.






