Turkiyaning din işlari böyiça boşqarmasi arman tilidagi Qur'onni çop etdi. Bu haqda Anadolu turk axborot agentligi xabar bermoqda. Kitob 4 ming nusxada çop etilgan.
Din naşlari böyiça boş direktor Yuksal Salmonning aytişiça, Qur'on arman tilining şarqiy va ğarbiy variantlarida çiqarilgan.
“Biz Qur'on va islomdan bexabar bölgan odamlar uşbu tarjima yordamida islomning rahm-şafqatli tiliga qöşila oladilar, deb umid qilamiz”, deb aytdi Salmon.
Salmon naşr ustidagi işlar 4 yil davom etgani, undan ikki yildan köproq vaqt tarjima işlari uçun sarflanganini ta'kidlab ötdi. Loyiha ustida Turkiya universitetlarining teologiya fakultetlari professorlari va Diyonat mutaxassislari iş olib boriş.
Bu Qur'on tarjimasi Turkiya din işlari böyiça boşqarmasi tomonidan çop etilgan boş tildagi birinçi Qur'on emas. Avvalroq Diyonat musulmonlarning muqaddas kitobini ispan va kurd tillarida çop etgan edi. Salmonning aytişiça, Qur'onni yana 15 tilda çop etiş rejalaştirilgan.
Diyonat taşkiloti Turkiya Konstitutsiyasining 136-moddasi negizida 1924 yilda taşkil etilgan. Bu taşkilot islom ma'rifati va masalalari bilan şuğullanadi. Bundan taşqari, Diyonatning vazifalariga turk ziyoratgohlarini saqlaş va ularga qarab turiş ham kiradi.
Qur'oni Karim arab tilida yozilgan. Hozirda Qur'on köpçilik tillarga, şu jumladan rus tiliga ham ögirilgan. XX va XXI asrlarda muqaddas kitobning arman tilidagi bir neçta tarjimasi çiqqan, biroq Turkiyada Qur'on arman tiliga birinçi marta tarjima qilindi.
Armanistonda islom diniga kurd, forsiy, ozarlar va boşqa xalqlar ibodat qiladi.






