Farğonada bölib ötgan “Taşabbus –2015”respublika körik-tanlovining viloyat bosqiçida 55 tadbirkor, fermer va hunarmand iştirok etdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Tanlov import örnini bosuvçi, raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqarayotgan tadbirkorlar, özi yetiştirgan mahsulotni qayta işlaşni yölga qöygan, çorvaçilik va boşqa sohalarda yuqori natijalarga erişayotgan fermerlar safi kengayib borayotganini körsatdi.

“Yilning eng yaxşi tadbirkori” yönalişida Qöştepa tumanidagi “Çimkent sultonlari gilami” xususiy korxonasi rahbari Abdubannop Sultonov, “Yilning eng yaxşi fermeri” yönalişida Toşloq tumanidagi “Özbegim dalasi” fermer xöjaligi rahbari Ravşan Şerayev, “Yilning eng yaxşi hunarmandi” yönalişida riştonlik usta kulol Said Ahmedov birinçi örinni egalladi.

Ğoliblar tanlovning mamlakat bosqiçida iştirok etadi.