Qobulda bölib ötgan energetika böyiça vazirliklararo komissiya çoğida mamlakatdagi neft konlarining faqat 4 foizidan foydalanilayotgani rasmiy ravişda e'lon qilindi.
Toğ sanoati vaziri Jovid Sadatning bayonotiga köra, faqatgina 10 ming kv. km hududdagi manbalar böyiça şartnomalar imzolangan, qolgan qismi esa 270 kv. km ni taşkil qiladi.
Tadbir Afğoniston milliy televideniyesi orqali yoritildi. Unda yirik xususiy kompaniyalar vakillari ham iştirok etdi.

Şuningdek, sohaga investorlarni jalb qiliş borasida işlar olib borilayotgani ma'lum qilindi.