BAA Kemp-Devidda ötadigan sammitda AQŞ unga xavfsizlik kafolatlarini berişiga umid qilmoqda. Bu haqda BAAning Vaşingtondagi elçisi Yusuf al-Utayba Reuters agentligiga bayonot berdi.
“Ilgari biz AQŞ bilan xavfsizlik borasida jyentlmenlarça kelişuv bilan kifoyalangan edik. Ammo bu safar bizga yozma kafolatlar kerak”, - dedi elçi Vaşingtondagi ma'ruzasida. Uning qöşimça qilişiça, bu kafolatlarga “Eronning mintaqadagi fe'l-atvori” bilan boğliq ravişda ehtiyoj tuğilgan.
Fors körfazi arab mamlakatlari hamkorligi Kengaşiga a'zo davlatlar (Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Bahrayn, Quvayt, Ummon) vakillari iştirokidagi Kemp-Devid sammiti 13-14 may kunlari bölib ötadi.