Hindiston va Pokiston Hindistonning Eron janubi-şarqidagi Çabaxor portini özlaştirişdagi iştiroki haqida özaro hamjihatlik memorandumini imzoladi. 

Uşbu hujjat Hindiston transport vaziri Nitin Gadkari va Eron transport va şahar rivojlanişi vaziri Abbos Ahmad Oxundiy tomonidan imzolandi. 

“Memorandum imzolanişi bilan Hindiston va Pokiston tijorat kompaniyalari Hindiston kompaniyalari Çabaxor portidagi ikkita mavjud priçalni ijara olib, ulardan köp maqsadli va konteyner yuk terminallari sifatida foydalanişga ruxsat beradigan tijoriy şartnoma böyiça muzokaralar boşlaşlari mumkin böladi”, deyilmoqda Hindiston Taşqi işlar vazirligi bergan xabarda.

Eron va Hindiston 2003 yilda Pokiston çegarasi yaqinida, Ummon körfazida joylaşgan Çabaxor portini rivojlantirişga kelişib olgandi. Biroq Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalar tufayli reja amalga oşmagan. Şu orada, ötgan yilning 30 iyun kuni Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvning imzolanişi oldidan Hindiston Eron bilan turli sohalarda, jumladan energetika sohasida hamkorlik qiliş böyiça muzokaralar ötkazişni boşladi. 

Hindiston TIV bergan xabarda ta'kidlanişiça, Çabaxor portida yuk terminalining bölişi çegaralari nisbatan unça uzoq bölmagan Afğonistonni dengiz portiga alternativ çiqiş yöli bilan ta'minlaydi va uning mintaqaviy va jahon bozoriga jalb qilinganligini sezilarli darajada oşiradi.