Şvetsiyaning telekommunikatsion uskunalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Ericsson kompaniyasi, Apple korxonasi ustidan Germanii, Buyuk Britaniya va Niderlandiyada sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilgan. Bu haqda Reuters xabar tarqatdi.
Ericsson vakilining ma'lum qilişiça, kompaniya Apple bilan öz patenti ostidagi mahsulotlardan foydalaniş böyiça global şartnoma tuziş taklifi bilan çiqqan. Biroq bu muddat ham tugab bölgan.
«Apple hozir ham Ericsson mahsulotlaridan foydalanib, foyda körişda davom etmoqda. Buning uçun ularda heç qanday amalda bölgan litsenziya yöq. Bizning qurilmalar köplab zamonaviy aloqa vositalarida qöllanib kelinmoqda. Germaniya Niderlandiya va Buyuk Britaniya sudlari mazkur masalada bizni qöllab-quvvatlaşiga işonçim komil», — deya gapirib ötdi Ericsson kompaniyasining intellektual mulk masalalari böyiça direktori Qosim Al-Falahiy.
Oldinroq, Ericsson AQŞ sudiga Apple'ning iPhone işlab çiqarişi böyiça da'vo arizasi kiritgani haqida xabar tarqatilgandi.
Ta'kidlab ötiş joiz, ötgan yili Samsung Electronics kompaniyasi Ericsson bilan litsenziya masalasidagi tortişuv natijasida 650 mln dollar tölaşga majbur bölgandi.






