AQŞlik Floyd Meyvezer filippinlik boksçi Menni Pakyao bilan revanş jangi ötkaziş rejalaştirilmayotganini bildirib ötdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

«Pakyaoning imkoniyatlarini jarohat çeklab qöygan degan fikrga umuman qöşilmayman. Bahona, bahona, bahona. U juda tez edi. Uning çap qöliyam, öng qöliyam juda tez edi. Zarbalari ham kuçli va tez edi. Men buni sotib olganim yöq».

«U yutqazdi va buni yaxşi tuşunib turibdi. Bu kabi voqealardan keyin unga bölgan hurmatim yöqoldi. Ha, men u bilan revanş ötkazişga tayyor edim. Lekin endi bu fikrimdan qaytdim. Çunki u omadsiz kasal va qörqoq ekanini körsatdi. Agar sen yutqazgan bölsang tan olişing va “Meyvezer, sen eng kuçli boksçisan” deya olişing kerak», deya ta'kidlab ötdi sportçi.

Eslatib ötamiz, mazkur töqnaşuvdan keyin taşkil etilgan matbuot anjumanida Pakyao jang ötkazişiga qölidan olgan jarohati xalaqit berganini ta'kidlab ötgandi.