Özbekistondagi barça ta'lim maskanlarida 1941-1945 yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylari, Qurolli Kuçlar veteranlari, harbiy xizmatçilar iştirokida Tinçlik darslari bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Unda mamlakatimizdagi tinçlik-osoyiştalik xalqimizning eng katta boyligi ekani, baxtiyor va farovon hayotning, istiqlolimizning qadriga yetiş, uni asrab-avaylaş har bir insonning farzandlik burçi ekani xususida söz yuritildi.

Faraxbaxş kunlarimiz zamirida ota-bobolarimiz, katta avlod vakillarining jasorati va fidoyiligi, çekkan zahmati mujassam ekani öquvçilarga sodda va ta'sirçan, hayotiy misollar yordamida tuşuntirildi.