Rossiya Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligini nişonlaşda xorijiy mamlakatlar tomonidan boykotga uçraşi haqidagi taxminlar ozini oqlamadi. Bu haqda Rossiya parlamentining xalqaro işlar böyiça qömitasi Aleksey Puşkov xabar berdi.
Polşaning Gdansk şahrida Ğarb mamlakatlari yetakçilari ittifoqçi kuçlarning Ikkinçi jahon uruşida natsistlar Germaniyasi ustidan qozongan ğalabasini tantana qilişadi, unda iştirok etadigan Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Ğarb mamlakatlari yetakçilari 9 may kuni Moskvada böladigan Paradga bormaganliklari uçun ularga minnatdorçilik bildirgandi.
Puşkov şu holatga e'tibor berib, bu narsa Kiyevga yordam berolmasligini ta'kidladi. “Bu Kiyevga yordam berolmaydi. Köplab yetakçilar kelişyapti. Boykot öxşamadi”, - deb yozdi Puşkov öz tvitterida.
6 may kunidagi ma'lumotlarga köra, Moskvadagi Paradga 27 mamlakatning davlat va hukumat rahbarlarit taşrif buyuradi, tantanalarda xorijiy mamlakatlarning 40ga yaqin vakili böladi. AQŞ nomidan elçi Jon Tefft, Fransiya va Italiyadan esa taşqi işlar vazirlari iştirok etadi.
Moskvadagi tantanalarda AQŞ, Fransiya, Polşa, Finlandiya, Janubiy Koreya, Çernogoriya, Isroil, Bolgariya, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya, şuningdek, Belarus davlat rahbarlari iştirok etişdan boş tortdi. Ulardan ba'zilari özlarining bu qarorini Ukrainadagi vaziyat bilan izohladi.
Germaniya kansleri Angela Merkel 9 may kungi Paradda bölmasligini, biroq 10 may kuni Moskvaga taşrif buyurib, Vladimir Putin bilan birga Noma'lum askar qabriga gulçambar qöyişini ma'lum qilgan.






