Moskva şahrida Ikkinçi Jahon uruşida qozonilgan ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan parad boşlandi. Tadbir Rossiyaning barça asosiy telekanallari orqali töğridan-töğri translyatsiya qilinmoqda.


Ma'lumot berilişiça, Rossiyaning boşqa şaharlarida ham ğalabaga bağişlangan paradlar va tadbirlar ötkazilmoqda. Ularda minglab harbiy xizmatçilar va yuzlab harbiy texnika birliklari iştirok etmoqda. Jumladan, Moskva şahridagi paradning özida 16.5 ming harbiy xizmatçi iştirok etişi ma'lum qilinmoqda.


Tadbirni yoritiş uçun dunyoning turli burçaklaridan OAV xodimlari yetib kelgan.
Şuningdek, ilgariroq paradda özbekistonlik faxriylar ham iştirok etişi ma'lum bölgan edi.