Ukrainaning An-178 transport samolyoti özining ilk parvozini amalga oşirdi, deb xabar bermoqda Ukrainaning “Antonov” davlat korxonasi matbuot xizmati.
“An-178 samolyotida bir soat davomida amalga oşirilgan birinçi parvozni”Antonov” korxonasining quyidagi tarkibdagi sinovçi ekipaji: ekipaj sardori, birinçi toifali sinovçi-uçuvçi Andrey Spasibo, ikkinçi uçuvçi – birinçi toifali sinovçi-uçuvçi, Ukraina qahramoni Sergey Troşin, yetakçi muhandis-sinovçi Nikolay Sidorenko bajardi”, deyilmoqda xabarda.
Samolyot Gostomel şahrining Kiyev-Antonov aeroportiga qöndi. Ekipaj parvoz yakunlariga köra prezident va korxonaning boş konstruktoriga parvoz muvaffaqiyatli amalga oşirilganini xabar qildi.
Avvalroq Ukraina Ozarbayjonga yangi An-178 transport samolyotlarini yetkazib berişi ma'lum qilingandi.






