AQŞ özining Gretsiyadagi elçisini "kutilgan işlarni amalga oşira olmagani" uçun çaqirib oldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
AQŞ Davlat departamenti Gretsiyadagi elçi Devid Pirsni sustkaşligi va Vaşingtonga Gretsiyadagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat haqida yetarliça ma'lumot jönatmagani uçun keskin tanqid qilgan.
Xususan, AQŞ hukumati vakillari elçi Gretsiyadagi "17 noyabr" nomli terroristik taşkilot rahbarlaridan biri Savvas Ksiros uy qamoğida saqlanayotgani haqida ma'lum qilmaganidan darğazab bölişgan.






