Tbilisi yaqinidagi Vaziani harbiy aerodromi va poligonida Gruziya va AQŞ qöşinlarining hamkorlikdagi harbiy maşğulotlari ötkaziladi.
RIA Novosti agentligining ma'lum qilişiça, öquvlarda ikki mamlakatdan jami 600 harbiy xizmatçi iştirok etadi.

Maşğulotlar 11 may kuni boşlanadi. Undan közlangan maqsad Gruziya qöşinlarining NATO kuçlaridagi iştirokiga tayyorlik darajasini oşirişdir.