Ericsson kompaniyasi Apple korporatsiyasi özining iPhone va iPad qurilmalarida şved işlab çiqaruvçisining texnologiyalaridan foydalangani uçun unga lisenzion badallar tölaşi kerakligini ta'kidlab, unga qarşi Yevropada sud ta'qibini boşladi.
The Financial Times naşri Ericsson bergan bayonotga asoslanib xabar berişiça, kompaniya dastlab Apple bilan tinç kelişib olişga urinib körgan, biroq bundan naf çiqmagaç, korporatsiya ustidan Germaniya, Britaniya va Gollandiya sudlariga da'vo arizasi topşirgan.
“Apple korporatsiyasi Ericsson’ning texnologiyalaridan amaldagi litsenziyaga ega bölmay turib, ulardan foyda olişda davom etmoqda. Bizning texnologiyalar köplab zamonaviy aloqa qurilmalarida işlatiladi. Biz Germaniya, Britaniya va Gollandiya sudlari bu masalani haqqoniy hal qila oladi, deb işonamiz”, deb aytdi Ericsson’ning intellektual masalalar böyiça direktori Qosim al-Falahiy.
Agar Yevropa sudlari Apple’ni özining smartfon va planşetlarida Ericsson patentlaridan noqonuniy foydalanayotganlikda aybdor deb topsalar, bu qurilmalarning uşbu hududlarda sotilişi çeklab qöyilişi mumkin. Şikoyatlarda gap 2G va 4G aloqa texnologiyalari, yarimötkazgiçli butlovçi qismlar va simsiz aloqa haqida ketmoqda.
Ericsson 2015 yilning boşida Apple’ning uşbu işga aloqador gadjyetlarini sotişni taqiqlaşni talab qilib, AQŞ sudi va Xalqaro savdo komissiyasiga da'vo arizalari yuborgan. Apple şved işlab çiqaruvçisi çipning narxidan emas, balki mobil qurilmaning narxidan kelib çiqib juda katta badallar sörayotganini ta'kidlamoqda. Kaliforniyalik gigant özining bu fikrini AQŞda Ericsson’ga qarşi sudga bergan da'vo arizasida bayon qilgan.






