Bugun Toşkentdagi “Özekspomarkaz” körgazmalar zalida “Özbekiston nefti va gazi – OGU 2015” XIX xalqaro körgazmasi va konferensiyasining oçilişi bölib ötdi.
Ekspozitsiya Özbekistonda neft sohasining boşlanganiga 130 yil tölişi yubileyiga bağişlanadi.
Körgazmadan közlangan asosiy maqsad davlat va xususiy sektor vakillari örtasidagi aloqalar uçun platforma yaratiş, turli kompaniyalarning işlab çiqariş salohiyatini namoyiş etuvçi taqdimotlar ötkaziş, sohadagi yangi tendensiyalarni muhokama qiliş, mahorat maktablari ötkaziş va tajriba almaşişdir.
Tadbirda jahonning 20 mamlakatiga mansub 200 brend iştirok etadi. Bular qatorida Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Qozoğiston, Xitoy, Niderlandiya, Polşa, Janubiy Koreya, Rossiya, Sloveniya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Çexiya, JAR kabilar bor.






