“Bavariya” jamoasi YeÇL yarim final javob uçraşuvida “Barselona” futbolçilari bilan bahs olib bordi. “Alyants Arena”da ötgan uşbu uçraşuvda “myunxenliklar” 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozonişiga qaramay, ikki uçraşuv natijasiga köra (5:3) mağlub bölişdi va "Barselona" final yöllanmasini qölga kiritdi.
Uçraşuvning dastlabki daqiqalari mezbonlarning faolligi bilan boşlandi. 7 daqiqaga kelib burçakdan uzatilgan töpni Mehdi Benatiya boşi bilan Ter Ştegen darvozasiga aniq yölladi va hisobni oçdi. Köp ötmay, aniqroği 15 daqiqada Neymar jamoadoşi Luis Suaresning uzatmasidan söng aniq zarba bilan muvozanatni tikladi. 30 daqiqada yana Suares-Neymar juftligi faollik körsatdi va hisob 2:1 körinişiga keldi. Şundan söng “Bavariya”da hisobni tenglaştiriş uçun bir qança qulay vaziyatlar vujudga kelgandi, ammo, Ter Ştegenning seyvlari evaziga birinçi bölimda hisob boşqa özgarmadi.
Ikkinçi bölimning 59 daqiqasida Robert Levandovski hisobni tenglaştirişga muvaffaq böldi. 74 daqiqada esa Tomas Myuller "myunxenliklar"ni oldinga olib çiqdi. Ammo, mazkur ğalaba final yöllanmasi uçun yetarli bölmadi va "Bavariya" mana şu bosqiçda öz yurişini töxtatdi. "Barselona" futbolçilari "Real Madrid" - "Yuventus" uçraşuvi ğolibi bilan YeÇL finalida töqnaş kelişadi.
"Bavariya" - "Barselona" 3:2
Gollar: Benatia 7, Neymar 15, 29, Levandovski 59, Myuller 74.
23:45, Myunxen, "Alyans arena"
Boş hakam: Mark Klattenburg (Ang)
Qanotlarda: Saymon Bek, Jek Kollin
Darvozalar ortida: Entoni Teylor, Andre Mariner (Ang)
Törtinçi hakam: Styuart Bart (Ang)
"Bavariya": Noyyer, Alonso, Benatia, Tyago Alkantara, Levandovski, Rafinya, Boateng, Bernat, Lam, Myuller, Şvaynştayger.
Zaxira: Reyna, Dante, Martines, Pisarro, Gaudino, Gyottse, Rode, Vizer.






