NATO rahbari Yyens Stoltenberg alyans Afğoniston hududida amaldagi missiya yakunlangandan keyin ham qolişini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Bugun biz Afğonistonda amaldagi missiya yakunlangandan keyin ham qolişimiz borasida kelişuvga erişdik”, – ta'kidlab ötdi u.
Bundan taşqari, keyingi missiyalardan közlanadigan asosiy maqsad Afğoniston xavfsizlik institutlariga instruksiya beriş bölişini ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, alyansning Afğonistondagi hozirgi missiyasi “Qat'iy kömak” deb ataladi.