19-21 may kuni Toşkentda VIII Respublika innovatsion ğoyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida xalqaro innovatsion forum ötkaziladi. Bu haqda Fan va texnologiyani rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasining rasmiy sayti orqali axborot tarqatildi.

Tadbir taşkilotçilari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Fan va texnologiyani rivojlantirişni muvofiqlaştiriş qömitasi, iqtisodiyot vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Özbekiston prezidenti qoşidagi “Iste'dod” jamğarmasi, oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Özbekiston savdo va sanoat palatasi hamda “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatidir.

Forumdan közlangan asosiy maqsad xalqaro innovatsion tizimlarning rivojlaniş tendensiyalari, innovatsion faoliyat taraqqiyoti istiqbollari va muammolarini muhokama qiliş, xususiy va davlat sektorlari orasidagi doimiy muloqot va aloqani ta'minlaş, innovatsion sohada xalqaro hamkorlikni yölga qöyişdir.