“Ukrzaliznitsya” Ukraina davlat temir yöl kompaniyasi kreditorlariga texnik defoltga uçraganini ma'lum qildi. Bu haqda davlat korxonasi rahbari vazifasini bajaruvçi Maksim Blank maxsus brifing çoğida bayon qildi.
“Bugun biz kreditorlarga “Ukrzaliznytsya”ning qarzdorlik majburiyatlari böyiça texnik defoltga uçraganimizni va içki qarz böyiça muzokaralar jarayonining boşlanganini ma'lum qildik. Şuningdek, biz içki va taşqi kreditorlarga 2015 yili korxonada böladigan restrukturizatsiyaning yönalişlari va hajmlari haqida xabar qildik”, – uning sözlarini keltiradi UNIAN agentligi.
Uning sözlariga qaraganda, kompaniya yaqin ikki oy içida 32 mln grivna miqdoridagi içki va taşqi qarzni restrukturizatsiya qiladi. Kompaniyaning Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Koreya Eksimbanki oldidagi qarzdorlik majburiyatlari restrukturizatsiya qilinmaydi.