Dasturda barça turdagi röyxatga oliş va ruxsat beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş, turli davlat xizmatlaridan foydalanişni kengaytiriş borasida kompleks çora-tadbirlar közda tutilgan. Masalan, endilikda qonunçilikda tadbirkorlik sub'yektlari uçun közda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanişda turli yozma arizalar bilan murojaat qilişning hojati yöq.
Özbekiston Respublikasi tovar-xomaşyo birjasining maxsus axborot portali vositasida ötkaziladigan elektron savdolar orqali tadbirkorlik sub'yektlaridan birlamçi ehtiyojdagi tovarlar (işlar, xizmatlar) böyiça davlat xaridlarini amalga oşiriş tartibi soddalaştirildi.
Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatiga oliş va hisobga qöyiş Özbekiston Respublikasi interfaol davlat xizmatlari Yagona portaliga integratsiya qilingan internet tarmoğida avtomatlaştirilgan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat röyxatiga oliş va hisobga qöyiş tizimi orqali 24 soat uzluksiz amalga oşiriladi.
Davlat xizmatlaridan foydalanişda byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş, arizaçilarning xizmat körsatiş töğrisida qaror qabul qiluvçi mansabdor şaxslar bilan bevosita aloqasini istisno qiliş maqsadida bugungi kunda turli idoralar qoşida faoliyat yuritayotgan, alohida davlat xizmatlari körsatayotgan “bir darça” xizmatlarining örniga tuman (şahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarini röyxatga oliş inspeksiyalari negizida “bir darça” tamoyili asosida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari körsatiş Yagona markazlari taşkil etiladi.
Şu bilan birga, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan zarur hujjatlarni taqdim etiş asosida davlat arxitektura-quriliş nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan quriliş obektlarini röyxatga oliş va quriliş-montaj işlariga ruxsat berişning bildiriş tartibini joriy etiş, yer maydonlarini tanlaş va ajratiş böyiça materiallarni tayyorlaş, kelişiş va tasdiqlaş tartib-taomillari va muddatlarini optimallaştiriş hisobidan tadbirkorlik sub'yektlariga yer maydonlarini taqdim etiş bilan boğliq tartib-taomillarni yanada soddalaştiriş nazarda tutilmoqda.
Farmon bilan tasdiqlangan çora-tadbirlar Dasturida xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatini tekşirişni yanada tartibga soliş hamda tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilganlik va noqonuniy aralaşganlik, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uçun davlat, huquqni muhofaza qiliş va nazorat qiluvçi organlar mansabdor şaxslarining javobgarligini oşiriş, jumladan, jinoiy javobgarligini joriy etiş öta muhim ahamiyat kasb etuvçi vazifa sifatida belgilangan.
Jumladan, 2015 yilning 1 iyulidan rejali tekşiruvlar ötkazişning yagona tartibi va davriyligi joriy etiladi. Mazkur tartibga köra, mikrofirmalar, kiçik korxonalar va fermer xöjaliklari faoliyati böyiça barça tekşiruvlar rejali asosda tört yilda bir martadan köp bölmagan, boşqa xöjalik sub'yektlarini tekşiriş uç yilda bir martadan köp bölmagan va faqat Özbekiston Respublikasi Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi respublika kengaşi qarori bilan amalga oşiriladi. Ayni paytda moliyaviy-xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan rejali tekşiruvlarni amalga oşiriş muddati 30 kalendar kunidan 10 kungaça qisqartirilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyati böyiça rejali tekşiruvlar faqat oxirgi rejali tekşiruv davridan keyingi muddatni qamrab olişi şart. Tadbirkorlik sub'yektlariga yöl qöyilgan xatolarni tekşiruv davom etayotgan davrning özida töğrilaş, şu orqali faoliyatining töxtatib qöyilişi va tugatilişining oldini oliş imkoniyati yaratilmoqda.
Nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqiy savodxonligini oşiriş va ular faoliyatiga doir kompleks tekşiruvlar tayinlanişidan avval huquqbuzarliklarning oldini olişga doir profilaktika işlari samaradorligini oşiriş masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Nazorat qiluvçi organlarning faoliyati aynan şu mezon asosida baholanadi.
Bu çora-tadbirlarning tatbiq etilişi Özbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiliş töğrisida”gi qonunini yangi tahrirda qabul qilişni nazarda tutadi.
Farmonda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Adliya vazirligi, Oliy sudiga manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qilgani va noqonuniy aralaşgani uçun davlat, huquqni muhofaza qiliş va nazorat qiluvçi organlar mansabdor şaxslarining javobgarligini kuçaytiriş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş va qabul qiliş topşirildi.
Jumladan, xöjalik yurituvçi sub'yektlar moliyaviy-xöjalik faoliyati böyiça tekşiruv va taftiş ötkaziş tartibini, davlat xizmatlari körsatiş tartibini buzganlik, xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatini va (yoki) ularning bank hisobvaraqlari böyiça amaliyotlarni noqonuniy töxtatib qöyganlik, xöjalik yurituvçi sub'yektlarning hisobvaraqlaridagi mavjud pul mablağlari töğrisida axborotni asossiz ravişda talab qilganlik, xöjalik yurituvçi sub'yektlarni xayriya işlari va pul mablağlari ajratiş bilan boğliq boşqa tadbirlarga majburiy jalb qilganlik va boşqa harakatlar uçun ma'muriy javobgarlik çoralarini kuçaytiriş közda tutilmoqda.
Tadbirkorlik sub'yektlariga tegişli bölgan binolar va boşqa inşootlarni şu mulkning bozor qiymatini qoplamasdan buzib taşlaganlik uçun ma'muriy javobgarlikni joriy etiş nazarda tutilmoqda.
Nazorat qiluvçi, huquqni muhofaza qiliş va boşqa davlat organlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qiliş sohasidagi qonunçilikni köp marotaba buzgan mansabdor şaxslariga nisbatan jinoiy javobgarlik çoralari qöllaniladi.
Şu bilan birga, davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining noqonuniy harakatlari yoki ularning mansabdor şaxslari harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik sub'yektiga yetkazilgan zararni, jumladan, boy berilgan foydani töliq qoplaş mexanizmini joriy etiş nazarda tutilmoqda.
Mazkur özgartiş va qöşimçalarning barçasi ma'muriy va jinoyat qonunçiligida öz aksini topadi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qiliş va noqonuniy aralaşiş hamda xöjalik yurituvçi sub'yektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvçi boşqa huquqbuzarliklar uçun ma'muriy javobgarlikni nazarda tutadigan alohida XVII bobini kiritiş közda tutilmoqda. Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ham tegişli qöşimçalar kiritiladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan farmoni ijrosini ta'minlaş kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş, biznes muhitni yaxşilaş, Özbekiston iqtisodiyotiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni yanada keng jalb qiliş, yangi iş örinlari yaratiş, pirovardida, xalqimiz farovonligini yuksaltiriş imkonini beradi.