"Klayped avialiniyasi"ning An-2 samolyoti Boltiqböyidan Şvetsiyaning Geteborg şahri tomon yöl olgan edi.
Ayni paytda Litvaning harbiy kema va vertolyotlari yaqindagina Boltiq dengizida yöqolgan samolyotni izlaş işlariga jalb etilgan. Yengil An-2 yuk taşuvçi samolyoti qişloq xöjaligi aviatsiyasi kompaniyasiga tegişli bölib, Geteborg şahriga Klaypeddan parvozga kötarilgan edi.
Sönggi bora u şanba, 17 may kuni mahalliy vaqt bilan 18 atrofida aloqaga çiqqan. Öşa vaqtda samolyot Litvaning Palang şahridan 97 dengiz mili (taxminan 179.644 kilometr) uzoqlikda bölgan.
Litva ommaviy axborot vositalarining ma'lum qilişiça, yengil samolyot bortida ikki tajribali uçuvçi bölgan. Samolyot esa 1981 yili işlab çiqarilgan.
Litva tomoni uçuvçilar Palangdagi aviadispeçerlar bilan aloqa yöqolganidan söng havo kemasini suvga qöndirib, öz hayotlarini saqlab qolganligini inkor etmayapti.
Qidiruv işlariga Litva Respublikasining harbiy kemalari va bir neçta vertolyotlar jalb etilgan. Biroq şu vaqtga qadar qidiruv operatsiyasi öz natijasini bergani yöq.