Toşkentda 19 may kuni VIII Respublika innovatsion ğoyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi öz işini boşladi. Muntazam ravişda ötkaziladigan yarmarka fan va işlab çiqariş örtasida kooperatsion aloqalarni ta'minlaş böyiça amaliy mexanizmga aylanib ulgurdi. Bu yarmarka 8 yil davomida innovatsion jarayonning iştirokçilarini qöllab-quvvatlovçi özaro hamkorlikning barça darajalarini özida mujassam etgan holda fan, ta'lim, işlab çiqariş va biznesni samarali birlaştirişga imkoniyat yaratib kelmoqda.

VIII Respublika innovatsion ğoyalar, texnologiya va loyihalar yarmarkasida innovatsion işlanmalar ekspozitsiyasi quyidagi yöşnalişlar böyiça ötkaziladi: işlab çiqariş, axborot texnologiyalari, soğliqni saqlaş va farmatsevtika, qişloq xöjaligi, fan va ta'lim, yuqori texnologiyalar.

Yarmarka doirasida “Özavtosanoat” AJ stendida Özbekiston avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvçi 15 korxona tomonidan taqdim qilingan innovatsion işlanmalar va yangi texnologiyalardan qaysi sohalarda foydalaniş mumkinligi namoyiş etildi. Bu işlanmalar orasida zaharli çiqindilarni utillaştiriş texnologiyasi, energiya resurslarini (suv, siqilgan havo, yonilği) me'yorlaştirişning ilmiy asoslangan metodlari va ularni tejaş böyiça texnik-taşkiliy tadbirlar bor.

Toşkentdagi Turin politexnika universitetining stendida yöldoşli navigatsiya tizimi namoyiş etildi. Uşbu tizimni ta'lim muassasasida biznes inkubator loyihasi doirasida takomillaştiriş rejalaştirilmoqda. Yaqin orada universitet hududida taşkil etilgan işlab çiqariş firmasi uşbu navigatorlarni örnatişni boşlaydi, keyinçalik esa ularni işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.

Yarmarka davomida 600 ga yaqin innovatsion ğoyalar va işlanmalar namoyiş etilişi rejalaştirilgan.