Italiyaning “Milan” futbol jamoasi vitse-prezidenti Adriano Galliani kelayotgan yozgi transfer paytida klub yangi öyinçilarni sotib oliş uçun pulni ayamasligini ma'lum qildi.
“Yozda biz şak-şubhasiz transfer kampaniyasini katta dabdaba bilan ötkazamiz.
Söz “Milan” kabi nufuzli klub haqida ketganda, hammasini boşqatdan boşlaş yengil böladi. Yaqinda “Yuventus” bunga ajoyib örnak körsatdi.
1998 yilda jamoamiz çempionatni 11-örinda yakunlangan edi, keyingi mavsumda esa skudettoni (Italiya çempionligini) qölga qiritgan edik. Bizda eng yuqori çöqqiga qaytiş uçun intiliş bor.
Şuning uçun kelayotgan transfer paytida biz katta istak va ezgu niyatlar bilan işlaymiz”, deb aytdi Galliani.
“Milan” egasi Silvio Berluskoni öziga tegişli klubning bir qism aksiyalarini osiyolik investorlarga sotişga yaqin turibdi.






