Ukraina amalda defolt e'lon qildi. Bunday fikrni Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov bildirib ötdi. TASS agentligining ma'lum qilişiça, vazir Ukraina Oliy Radasi 19 may kuni qabul qilgan taşqi qarzlar böyiça tölovlar moratoriyi töğrisidagi qonunga mana şunday munosabat bildirgan.
“Amalda bu defolt demakdir. Hozirça e'tiroz bildirişga sabablarimiz yöq, lekin amalda iyunda ulardan 75 mln dollar olişimiz kerak”, – uning sözlarini keltiradi agentlik.

Siluanovning aytişiça, Ukraina bu tölovni amalga oşirmagan taqdirda Rossiya xalqaro sudga murojaat qiladi.