AQŞning Texas ştatida huquq-tartibot idoralari xodimlari bayker guruhlari örtasida sodir bölgan otişma yeridan 300dan ortiqroq qurol topdi. The New York Times gazetasining yozişiça, voqea Ueyko şahrida bölib ötgan.
Özaro duşmanlik kayfiyatidagi baykerlar guruhlari örtasidagi otişma natijasida 9 kişi halok bölgan, 18 kişi yaralangan. Otişma şahar markazidagi Twin Peaks bari oldida sodir bölgan. Otişmada iştirok etgan 170 kişiga nisbatan turli ayblovlar ilgari surilgan.
Aytilişiça, oxirgi ön yilliklarda baykerlar örtasida bu qadar yirik töqnaşuv bölmagan.
Politsiya serjanti Patrik Sventonning guvohlik berişiça, bar yaqinidan 300 qurol topilgan. Ular içida piçoqlar, kastetlar, tayoqlar, zanjirlar, 118 töpponça va bir dona AK-74 avtomati bor.






