19 may kuni Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda öquvçilarning ota-onalaridan asossiz ravişda pul yiğilayotgani haqida şikoyat kelib tuşgani xabar qilingandi.

21 may kuni Kun.uz tahririyatiga 91-maktabning 1 "V" sinf öquvçisi Muhammadjonova Zilolaning dadasi Bobojonov Yoqubjon murojaat qildi va "Toşkentdagi maktablardan birida öquvçilarning ota-onalaridan asossiz ravişda pul yiğilayotganidan şikoyat tuşdi" nomli xabarga yuqorida nomi keltirilgan maktabning 1-sinf öquvçilari ota-onalari nomidan raddiya berilişini ma'lum qildi.

"Assalomu alaykum! Kun.uz saytida 19.05.2015 da quyidagi linkda e'lon qilingan, "Toşkentdagi maktablardan birida öquvçilarning ota-onalaridan asossiz ravişda pul yiğilayotganidan şikoyat tuşdi" nomli, asli uz24.uz saytiga tegişli xabar böyiça 91-maktab direktori biz ota-onalar bilan majlis ötkazdi. Majlis davomida şikoyatdagi ma'lumotlar asossiz ekani aniq böldi. Buni öşa majlis protokolida batafsil bayon qilib qöyildi. Majlisga kelgan hamma ota-ona protokolga qöl qöygan. Agar şunday muammo bor bölganida heç kim keçagi majlisda jim turmasdi. Jumladan, özim ham jurnalist sifatida birinçi bölib muammoni kötarib çiqqan bölardiv. Şikoyat-xabarning asl manbasi bölgani uçun raddiyani uz24.uz saytiga jönatdik. Kun.uz yangiliklarga möljallangan saytlar orasida eng xolis va eng jur'atlisi bölgani sababli mazkur raddiyani SIZga ham jönatişga qaror qildik. Iltimos, agar ma'qul topsangiz şu raddiyani saytingizda e'lon qilsangiz. Oldindan rahmat!", deb yozadi murojaat qiluvçi.

R A D D I Ya

"Facebook ijtimoiy tarmoğidagi “Jamoatçilik nazorati” guruhi iştirokçilaridan biridan guruhga Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda öquvçilarning ota-onalaridan asossiz ravişda pul yiğilayotgani haqida şikoyat kelib tuşgan bölib, unda maktabda ta'lim muassasasi “ehtiyojlari”ga pul yiğiş holatlari köpayib ketgani xabar qilingan. Jumladan, murojaat qilgan ayol ota-onalardan nima maqsadlarda pul yiğilayotgani körsatilgan röyxatni keltirib ötgan.
Biz 91-maktabning 1 “A”, 1 “B”, 1 “V” hamda 1 “G” öquvçilari ota-onalari şuni ma'lum qilamizki, uşbu şikoyatda keltirilgan ma'lumotlar asossizdir. 
Jumladan, şikoyatçi ayol ta'kidlaganidek, maktabni ta'mirlaş uçun har bir öquvçidan 35 ming sömdan YIĞILMAGAN. 

Şuningdek, 1-sinfning bitiruv imtihoniga har bir öquvçidan 25 ming sömdan pul yiğilişi ham haqiqatga umuman töğri kelmaydi.