Kataloniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyaçisi Xavi Ernandes yozda jamoadan ketişini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar tarqatdi.
2015 yil 21 may, payşanba kuni, klub Xavi bilan matbuot anjumani taşkillaştirdi va unda yarimhimoyaçi klubdagi futbolçilik faoliyati yakunlanganini bildirib ötdi.
«Mavsum tugagaç, «Barselona»ni tark etişimni aytmoqçiman. Bunday qarorga keliş menga oson bölgani yöq. «Barselona»da uşbu mavsumda qolganimdan xursandman. Yöqsa bu qarorga kelişim qiyin bölardi», dedi Xavi.
«Endi faoliyatimni «As-Sadd»da davom ettiraman. Şartnoma ikki yilga tuzilgan va u yana bir yilga uzaytirilişi mumkin. Şuningdek, menda özimni murabbiy va sport direktori lavozimida sinab köriş imkoniyati paydo bölmoqda».
«Barselona» yaqinda men bilan 2018 yilga qadar şartnomani uzaytiriş böyiça taklif bilan çiqqandi. Biroq bu taklifga qadar men bir qarorga kelib bölgandim».
«Qatarda meni juda qiziqarli loyiha kutib turibdi. Ammo asosiy maqsadim —qaçondir «Barselona»ga qaytiş. Qaysi rolda — murabbiymi, sport direktorimi — farqi yöq. Axir bu yer mening uyim».
«Men juda baxtliman. «Barselona» safida faqatgina orzu qiliş mumkin bölgan faoliyatimni ötkazdim. Men Leo, Andres, Busi, Pedrolarni juda soğinaman. Ularning barçasi meni döstlarim. Ammo hayot şunaqa ekan», deya Xavining sözlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy tvitteri.






