Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev VIII Ostona iqtisodiy forumidagi çiqişida butun jahon ilm ahlini xalqlar va davlatlarni yaqinlaşayotgan halokatdan asrab qolişga çaqirdi.
“Ostona iqtisodiy forumi öz vaqtida 2008 yili boşlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga javoban yuzaga kelgan edi, – uning sözlarini keltiradi Nur.kz portali. – Inqiroz jahon iqtisodiyotining 80 foiziga ta'sir ötkazdi, şu paytgaça jahon iqtisodiyoti ilgarigi ösiş suratlariga qayta olgani yöq”.
Şuningdek, köpçilik mutaxassislar turbulentlik deb baholayotgan holat aslida global inqirozning keyingi bosqiçiga ötiş ekanligini ta'kidladi. Va, davlat yetakçisining fikriça, u moliyaviy bosqiçdan noqonuniy sanksiyalar qiyofasida valyutalar uruşi bosqiçiga köçib böldi.
“Yaqin Şarqdagi – Suriya, Afğoniston, Livandagi inqrozli vaziyatlar ham şuning oqibatidir, – qöşimça qildi u. – U Ğarbning Şarqqa, AQŞ va NATOning Rossiya va Xitoyga qarşi kuraşini keltirib çiqarmoqda. Agar biz gapirayotgan inqiroz global giperinqiroz bosqiçiga ötsa-çi? Şu bois biz jahon ilmining eng yaxşi vakillari bilan birgalikda xalqlar va davlatlarni kelayotgan halokatdan saqlab qolişimiz kerak”.
Eslatib ötamiz, VIII Ostona iqtisodiy forumida jahonning 90 mamlakatidan taşrif buyurgan 3 ming delegat iştirok etmoqda.






