Ispaniya çempionatining 38-turida "Barselona" öz uyida "Deportivo"ga qarşi maydonga tuşdi.
Mezbonlar yarim himoyaçisi Xavi "Nou Kamp" stadionida "Barselona" tarkibidagi sönggi uçraşuvini ötkazdi.

Futbolçi joriy mavsum tugagaç, Qatarning "Al Sadd" jamoasi tarkibiga ötişini ma'lum qilgan edi.
Uçraşuvdan söng Xavi özining xayrlaşuv sözlarida Çempionlar ligasidagi ğalabani "Nou Kamp"da muxlislar bilan nişonlaşini aytdi.

"Barçasi uçun sizlarga katta rahmat. Men bugun dunyodagi eng baxtli insonman. Men bu yerda 17 yil töp surdim. Bu dunyoning eng yaxşi klubi. Bizga yana ikki kubok - Ispaniya kubogi hamda Çempionlar ligasi kubogi zarur. Çempionlar ligasidagi ğalabani şu yerda, "Nou Kamp"da sizlar bilan birga nişonlaymiz.
Oilamga, turmuş örtoğimga, döstlarimga, şuningdek, bugun "Nou Kamp"ga taşrif buyurgan barçaga çeksiz minnatdorçiligimni bildiraman", – dedi Xavi.






