Bizga bitiruvçilar emas, maktab
ta'limi va tarbiyasini körgan şaxslar kerak.
Islom KARIMOV
Mustaqillik yillarida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta'lim tizimini isloh qiliş, şu jumladan, maktab ta'limini rivojlantiriş, heç kimdan kam bölmagan barkamol avlodni tarbiyalaşga katta e'tibor qaratilmoqda.
Bugun respublikamizdagi barça umumta'lim maktablarida “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari “Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bölamiz” şiori ostida kötarinki ruhda taşkil etilib, tadbir mohiyatini bitiruvçilarni ta'limning keyingi bosqiçiga töliq qamrab olişga yönaltirildi. Tadbirlarda mahalla fuqarolar yiğinlari faollari, faxriy öqituvçilar, ota-onalar, maktabning sobiq bitiruvçilari va huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari iştirok etişdi.
Tadbirlarda faxriy ustoz-murabbiylar, pedagog va ota-onalar mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik işlari, xalq ta'limi tizimidagi islohotlar, öqituvçi va öquvçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş doirasida amalga oşirilayotgan işlar haqida alohida töxtaldi.
Öz qobiliyati va iqtidori bilan bilimlar bellaşuvi, fan olimpiadasi, turli sport musobaqalarida yuqori örinlarni egallab, ustozlari va ota-onalar işonçini oqlagan öquvçilar alohida taqdirlandi. Şuningdek, “Eng ibratli öquvçi”, “Eng faol öquvçi”, “Ijodkor öquvçi”, “Yoş ixtiroçi”, “Maktabimiz faxri”, “Sport ustasi”, “Kompyuter ustasi”, “Eng orasta qiz” kabi nominatsiyalar böyiça iqtidorli va namunali öquvçilar taqdirlandi.
Şuningdek, tadbir davomida Prezidentimizning 2015 yil 9 may kuni ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bölib ötgan suhbatda bildirilgan vazifalarni öquvçi-yoşlarga yetkazişga, yoşlar ongida Vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinçlik va osoyiştalikka daxldorlik tuyğularini kuçaytiriş hamda “Biz keça kim edigu bugun kim böldik?” degan savolning mazmun-mohiyatini tuşuntirişga alohida e'tibor qaratildi.
Tadbir nihoyasiga yetgaç, barça maktab bitiruvçilari öz qiziqişi böyiça tanlagan akademik-litsey va kasb-hunar kollejiga ota-onalari bilan birga taşrif buyurib, u yerdagi şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
Aytiş joizki, 2014-2015 öquv yili davomida umumta'lim maktablarining 9-sinfini tugatayotgan 483 ming nafar öquvçini ta'limning keyingi bosqiçiga töliq qamrab oliş maqsadida bir neça bor “Sörovnoma”lar ötkazilib, ularning akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida öqişni davom ettiriş istagi aniqlandi. Sörovnoma natijalariga köra bitiruvçilarning 42 ming nafari (8,7%) akademik litseylarda, 441 ming nafari (91.3%) esa kasb-hunar kollejlarida öqiş niyatida ekanini bildirgan.






