Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan AQŞdagi

The New York Times

 naşrida Turkiya haqida yozilgan tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi. Bu haqda

BBC Turkce 

xabar bermoqda.

Biroz oldinroq, The New York Times gazetasida "Turkiya osmonida bulutlar" nomli maqola çiqarilgan, unda Turkiyadagi içki siyosiy muhit hamda 7 iyun kuni bölib ötadigan parlament saylovlari arafasidagi şubhali harakatlar haqida gap borgan edi.


"Bu maqolani yozganlarning özi söz erkinligini buzişgan va Turkiyaning içki işlariga aralaşişgan. Öşa jurnalistlar AQŞning içki siyosati haqida ham yoza olişarmikin? U yerda bunga ruxsat berişmaydi, bu taqiq buzilsa, kerakli çoralar köriladi", deydi Erdöğan.