Sony kompaniyasi ötgan oyning oxirida sotuvga çiqarilgan Xperia Z4 smartfonining Sony Xperia Z3+ nomi ostidagi jahon miqyosida sotilişi möljallanayotgan xalqaro versiyasi taqdimotini ötkazdi.
Flagmanning yangilangan versiyasi 5.2 dyuymli 1920 x 1080 piksel yeçimga ega Full HD-displeyga, 8 yadroli 64-bitli Qualcomm Snapdragon 810 protsessorga ega.

Smartfon 3 GB li operativ va 32 GB li içki xotiraga ega. Şuningdek, unga 128 GB hajmgaça bölgan fleş-kartalarni örnatiş mumkin. Telefon 5,1-megapikselli selfiga möljallangan frontal kamera va 20,7-megapikselli Sony Exmor RS orqa kamerasiga ega.

Yangi smartfon Android 5.0 Lollipop operatsion tizimi asosida işlaydi. Korpuslar qora, kumuşrang, tillarang va oq variantlarga ega.
Smartfon batareyasi 2900 mA/soat quvvatiga ega. Telefonning bir va ikki SIM-kartali variantlari sotuvga çiqariladi.
Sony Xperia Z3+ 15 iyundan sotuvga çiqariladi. Uning narxlari hozirça ma'lum emas.