Rossiyaning turli hududlarida katta ölçamdagi jarliklar paydo bölmoqda. Sirli kraterlar Perm ölkasi va Sibirda paydo böldi. Mahalliy aholi ular yaşaydigan aholi punktlari yer ostiga öpirilib ketişidan xavotirlanişmoqda. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, bunday karst çuqurlar paydo bölişi uçun uç omil: tuproqdagi yoriq, köçib yuruvçi qum va yerosti suvlari ustma-ust tuşişi kerak.

Karst çuqurliklari – diametri bir neça metrdan önlab mertlargaça keladigan, voronkasimon çuqurlik. U yuqoriga tomon kengayib boradi.

Odamlar uyidan çiqib, hovlisining bir qismi 10 metrlik çuqurga tuşib ketganini körmoqda. Şunday holat Rossiyaning ğarbida joylaşgan kiçik bir şaharçada röy berdi. Favqulodda vaziyatlar boşqarmasida bu holat muhokama qilindi, biroq na hukumat, na ekspertlar bu çuqurlikni nima qilişni bilmay boşlari tang ahvolda qoldi.

Bu orada sirli kraterlar Perm ölkasining boşqa joylarida ham birin-ketin hosil bölmoqda. Aholi özlari yaşaydigan yerlar öpirilib ketişidan xavotirlanmoqdalar. Ba'zilar ehtiyot çora sifatida öz uylarini tark etmoqçi.

Yana bitta katta çuqurlik Sibirda paydo böldi. Yamal yarimorolida paydo bölgan bu çuqurlikning diametri deyarli 80 metrni taşkil qiladi, çuqurligi esa hali aniqlanmagan.

Uşbu çuqur paydo bölgan joy yaqinida Rossiyadagi eng yirik gaz koni joylaşgan. Olimlar çuqurlik şu tufayli paydo bölgan bölişini taxmin qilmoqdalar.

“Karst çuqurligi paydo bölişi uçun uç şart bajarilişi kerak. Birinçidan, yer qatlamida yoriq yoki tuproqning pastki qatlamida böşliq bölişi kerak. Ikkinçidan, harakatlanuvçi qum yoki mört tuproq bölişi kerak. Uçinçidan, çuqurlikning hosil bölişiga olib keluvçi qumlarni yuvib yuboruvçi yerosti suvlari bölişi kerak. Qumlar surilganda kötariş kuçi kamayadi. Buning natijasida tayanç ham yöqoladi va yer tortiş kuçi oqibatida tuproq öpiriladi”, deb tuşuntirişmoqda olimlar.