Interpolning Argentinadagi bölimi xodimlari mahalliy sud qaroriga köra, 29 mayda FIFA korruptsion işiga aloqador bölgan argentinalik tadbirkorlarning ofislarida tintuvlar ötkazişdi, deb xabar bermoqda La Nacion portali.

Gap Torneos y Competencias kompaniyasi prezidenti Alexandro Bursako, Ugo Xinkise va uning öğli Mariano (Full Play kompaniyasi direktorlari) haqida ketmoqda. Bu kompaniyalar ofislarida tergovçilar işlamoqda. Tintuvlardan maqsad közdan ğoyib bölgan gumondor şaxslarning qayerdaligini anqlaşga yordam beruvçi ma'lumotlarni qidirişdan iborat bölmoqda.

Argentinalik tadbirkorlarni hibsga olişga order berilgan, avvalroq Argentina soliq xizmati ularni soliqlarni tölaşdan qoçiş, pul yuvganlikda ayblagan edi. 27 mayda Tsyurixda FIFAning yuqori lavozimli amaldorlari korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan edi. Ular orasida FIFA vitse-prezidentlari Jyeffri Uebb va Euxenio Figeredo, şuningdek, Eduardo Li, Xulio Roka, Kostas Takkas, Rafael Eskivel, Xose Mariya Marin bor.