Rossiya prezidenti Vladimir Putin FIFA prezidentligida beşinçi marta qolgan Yozef Blatterni saylovda qozonilgan ğalaba bilan tabrikladi. Bu haqda Kremlning rasmiy sayti orqali ma'lum böldi.
“FIFAni 17 yil davomida boşqarib, siz muxlislar, murabbiylar va öyinçilar orasida obro‘ qozondingiz. Işonçim komilki, sizning taşkiliy qobiliyatlaringiz hamda töplagan tajribangiz millionlab odamlarni birlaştiruvçi birinçi raqamli sportni yanada rivojlantiriş, geografiyasini kengaytirişda yordam beradi”, – deyiladi hujjat matnida.
Şuningdek, Putin Rossiya bundan keyin ham FIFA bilan hamkorlikni davom ettirişini, bu ayniqsa 2018 yilgi jahon çempionati arafasida muhimligini ta'kidlab ötdi.
“Işonçim komilki, biz umumiy mehnatlarimiz samarasi ölaroq taşkiliy va sport nuqtai nazaridan ajoyib turnir ötkazamiz”, – dedi Putin.






