Daniyaning bolalar uçun konstruktorlar işlab çiqaruvçi Lego kompaniyasi Lego Worlds videoöyinini işlab çiqdi. Uning anonsi kompaniyaning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Ta'kidlanişiça, u Minecraft öyiniga raqobatçi bölişi kutilmoqda.
Lego Worlds’da faqatgina tayyor olamlardan foydalaniş emas, balki konstruktor yordamida yangi olamlar yaratib öynaş imkoniyati böladi. Uylar qurişga möljallangan ğiştlardan taşqari, maşinalar, ajdarlar, samolyotlar, mototsikllar va hayvonlardan foydalaniş mumkin böladi.
Hozirça öyinning boşlanğiç versiya taqdim etildi. Uni internetdan köçirib oliş mumkin.






