Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yöltösarlik bilan şuğullanuvçi 19 yoşli Nodir Aliyev qölga olindi.
“Ogoh” gazetasida yozilişiça, u, yoş bölişiga qaramay, muqaddam bir neça bor panjara ortida ötirgan.
Aytilişiça, u “Qöyliq” şohbekatida turganida, mast ahvolda kelayotgan kişini körib qoladi. Uning yoniga borib, qönğiroq qilib oliş uçun telefonini söraydi. Mast erkak bolaga özining Artel telefonini beradi. Aliyev telefoning fleş-kartasini olib qöyadi. Buni payqagan erkak undan fleş-xotirani qaytarişni talab qiladi. Ammo Aliyev erkakka döq qilib, 50 ming söm pulini ham tortib oladi.
Kayfi tarqab ketgan erkak uning ortidan qolmay, ikki dösti bilan gaplaşib turgan çoğda 102 raqamiga qönğiroq qildi. Voqea joyiga yetib kelgan militsiyaçilar yöltösarni qölga olib, jabrlanuvçining puli va buyumlarini qaytarib olib berdi.