FIFAda avj olgan janjal boş futbol taşkilotining bölinib ketişiga sabab bölişi mumkin. Ayniqsa Yevropa futbol federatsiyasining noroziligi jiddiy tus olmoqda.

Ta'kidlanişiça, UYeFA xalqaro taşkilot tarkibidan çiqib, öz musobaqa va tadbirlarini uyuştirişni rejalaştirmoqda.

Birinçi navbatda Daniya vakili Allan Xansen FIFA tarkibidan çiqiş, ikki yilda bir marta muqobil çempionatlar ötkaziş va ularga boşqa qit'alar termalarini çaqiriş taşabbusi bilan çiqdi. Bu taklif FIFA prezidentligiga saylovlardan oldin ötkazilgan 54 Yevropa federatsiyasi vakillarining yiğilişida ilgari surildi. Unga Norvegiya ham qöşildi.

Şu haftaning şanba kuni Berlinda UYeFAning navbatdan taşqari konferensiyasi ötkaziladi, unda federatsiyaning keyingi qadamlari borasida muzokaralar olib boriladi.