Kiyevning "Dinamo" jamoasi muxlislari Ukraina Kubogi finalida "Şaxtyor"ga qarşi ötkazilgan öyin davomida, ğolibni aniqlaş uçun penaltilar seriyasi amalga oşirilayotgan vaqtda sektorlardagi örinlaridan maydonga tuşib kelişdi.
Bu vaqtda hisob 3:3 bölib turgan. Biroz keyinroq muxlislar tribunalarga qaytarilgan va penaltilar seriyasi davom ettirilgan.
Penaltilar seriyasi yakunlanib, "Dinamo" 5:4 hisobidagi natija orqali ğalaba qozongaç, muxlislar yana maydonga tuşib kelişgan va ğalabani nişonlaş paytida darvozalardan birini sindirib taşlaşgan.
"Olimpiyskiy" öyingohidagi bu öyinni UYeFA vitse-prezidenti Aleksandr Surkis, Ukraina futboli faxriylari Aleksandr Şovkovskiy hamda Oleg Gusev ham tomoşa qilayotgan bölgan va aynan ular olomondan maydonni tark etişni iltimos qilişganidan keyin vaziyat barqarorlaşgan. Şundan sönggina taqdirlaş marosimi ötkazilgan.
Bungaça esa 15 daqiqa davomida maydonda tartibsiz holat davom etgan.






