AQŞ Mudofaa vaziri Eşton Karterning fikriça, Ukraina mojarosi doirasida Ğarb davlatlarining Rossiyaga kiritgan iqtisodiy sanksiyalari va boşqa harakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukraina böyiça tutgan yölini özgartira olmadi, deb yozadi Reuters. Bu haqda Karter Ştutgartda bölib ötgan yiğilişdan keyin, öz samolyotida Vaşingtonga qaytayotganda jurnalistlarga aytib ötdi.
Karterning aytişiça, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga öz ta'sirini körsatmoqda, biroq bunga qaramay sanksiyalar Putinning bir yil avval Qrimda namoyiş qilgan yölidan qaytişiga ta'sir qila olmayapti.
“Putin öz yölini özgartirişni istamayotganiga javoban biz qilişimiz kerak bölgan boşqa narsalar bor”, deb aytmoqda Karter.
Karter AQŞning 30 ga yaqin yuqori lavozimli amaldorlarini Rossiyaga qarşi sanksiyalarning samaradorligini muhokama qiliş va AQŞ va NATO harbiy öquv maşğulotlari NATO böyiça ittifoqçilar va hamkorlarga qançalik darajada dadillik berganini baholaş uçun Germaniyadagi yiğilişga çaqirdi.
Rossiya AQŞ, Yevropa Ittifoqi, Norvegiya, Yaponiya, Avstraliya va Kanadaning iqtisodiy sanksiyalari ostida qolmoqda. Rossiyaning bank, neft va mudofaa sektorlari taqiqlovga tuşgan. Rossiyaga qarşi xalqaro sanksiyalar Qrimning Rossiyaga qöşilib olinişi va Ukrainadagi geosiyosiy tanglikning ösayotgani sababli kiritilgan edi.






