24 may kuni marhum qöşiqçi Oxunjon Madaliyevning öğli Qiliçbek Madaliyev uylangani xabar qilindi.
Darakçi naşrida yozilişiça, Qiliçbek Madaliyev aksar san'atkorlar kabi öz töyining ovoza bölişini istamagan va bu haqda gazetada yozmasliklarini ham söragan.

Töy marosimi Farğona şahridagi töyxonalardan birida ötkazilgan.
Xabarda aytilişiça, qöşiqçi özining bolalikdagi tanişi, Mohira ismli qizga uylangan. Nikoh marosimida yana bir san'atkor Bahrom Nazarov kuyovjöralik qilgani, Otabek Muhammad Zohid esa visol oqşomida navbatçi san'atkor sifatida xizmatda bölgani aytilmoqda.







