Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Istanbulda mamlakatda 7 iyunda bölib ötayotgan parlament saylovlarida ovoz berdi.
“Barça partiyalar uzoq davom etgan saylovoldi marafonini bosib ötdilar. Bugun saylovlarda qatnaşiş darajasi yuqori böldi. Bu saylovlar davlatimizning barqarorligi va xavfsizligni ta'minlaşiga aminman. Davlatimizga, xalqimizga farovonlik tilab qolaman”, deb aytdi Erdöğan saylov qutisiga byuletenni tuşirgandan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida.
Turkiyaning 53,7 mln fuqarosi saylovlarda iştirok etiş huquqiga ega bölmoqda. Ular Turkiyadagi 20ta partiya va 165ta mustaqil nomzod orasidan Turkiya parlamentining 550 a'zosini saylaşlari kerak böladi.






