Qatar poytaxti Doha şahrida zamonaviy arxitektura yutuqlaridan biri sifatida baholanayotgan masjid oçildi. Bu masjidning minoralari noodatiy körinişga ega bölib, kökka böy çözgan bu minoralarda oltin harflar bilan arab yozuvidagi oyatlar bitilgan. Bu minoralarning balandligi 90 metrni taşkil qiladi va ikkisi ham Makka şahri tomon uzangan. Masjidga qibla tomonidan qaralganda, arab imlosidagi Alloh sözi yuzaga keladi


Sayyohlar va namozxonlarning qayd etişiça, bu bino uzoqdan kosmik kemani eslatadi.

Uşbu masjidning qurilişi işlari 2013 yilda boşlangan edi. Ayni vaqtda murakkab me'moriy uslubda qurilgan, içki va taşqi binolarga ega masjid ibodat qiluvçilar uçun oçiq.

Masjidda 5ta asosiy ustun mavjud bölib, bu ustunlar Islomning 5ta arkonini ifodalaydi.

Masjid hovlisida fontan bölib, bu fontanga tört oqimdan suv keladi. Masjid içki qismining asosiy xususiyati nur va soya uyğunligiga boğliq. Yoritiş tizimining öziga xosligi şundaki, nur turli şakldagi tuynuklardan içkariga tuşadi va yulduzli osmon körinişini hosil qiladi.

Masjidda bir vaqtning özida 1800 kişi ibodat qilişi mumkin. Unda ayollar va erkaklar uçun alohida zallar mavjud. Bundan taşqari, bu yerda ta'lim uçun xonalar va kutubxona ham barpo qilingan.

Masjidning asosiy binosining içki devorlari hattotlik san'ati vositasida naqşlar hamda oyatlar bilan bezatilgan. 

Masjid devorlariga Qur'on oyatlari tuşirilgan, mehrob esa oltindan işlangan.