Markaziy bank boşqaruvining qarori bilan regulyatorning jismoniy şaxslar tomonidan Özbekiston hududidan çet el valyutasi olib çiqilişiga ruxsatnoma beriş tartibi töğrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi. Bundan buyon 2003 yili qabul qilingan Nizom kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.
2 ming dollar ekvivalentiga teng miqdordagi çet el valyutasini mamlakat taşqarisiga ruxsatsiz olib çiqiş mumkin. Bundan ortiq summani – Markaziy bank yoki mas'ul banklar ruxsati bilan, 5 ming dollardan ziyod summani – faqat Markaziy bank ruxsati bilan olib çiqiş mumkin.

Aniqlanişiça, ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasi farmoyişi bilan çet elga çiqayotgan hukumat delegatsiyalari tarkibida, doimiy yaşaş maqsadida, komandirovkaga, öqiş maqsadida, turizm, davolaniş, qarindoşlarni köriş, sport musobaqalari va h.k.lar uçun çiqayotgan şaxslarga taqdim etiladi.

Bunday ruxsatnomani oliş uçun jismoniy şaxslar Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etişi kerak:
- belgilangan şakl böyiça murojaatnoma, unda ism-şarif, pasport ma'lumotlari, davlat va şahar nomi, çet el valyutasining şakli va hajmi, çet elga çiqiş maqsadi va muddatlari körsatilgan bölişi kerak – ilgarigi nizomda aniq şakl belgilab berilmagan edi;
- pasport nusxasi, unda quyidagi ma'lumotlar aks etişi kerak: seriya, raqam va berilgan vaqti; pasportni bergan organ; Özbekiston Respublikasi hududidan çiqiş huquqini beruvçi muhr (agar talab qilinsa); çet el davlatiga kiriş vizasi (agar viza tartibi joriy qilingan bölsa); Özbekiston Respublikasida doimiy röyxatdan ötganlik haqidagi muhr;
- Özbekiston Respublikasi hududidan çiqiş huquqini beruvçi ruxsatnoma nusxasi (agar talab qilinsa) – ilgarigi Nizomda bunday hujjat röyxatdan örin olmagan edi;
- naqd xorijiy valyutasining manbasini tasdiqlovçi hujjatlar nusxasi;
- hukumat delegatsiyasi tarkibida çiqayotgan şaxslar uçun – Vazirlar Mahkamasi farmoyişidan nusxa;
- çet elga çiqiş maqsadini tasdiqlovçi boşqa hujjatlar.
Murojaatnoma kelib tuşganidan boşlab 10 kun içida körib çiqilib, unga javob beriladi, ya'ni murojaat etuvçiga ruxsat beriladi yoki, aksinça, murojaat qaytarib yuboriladi. Eski Nizomga muvofiq, körsatilgan muddatda murojaatnoma faqatgina körib çiqilişi talab etilar edi.
Bank tomonidan ruxsat berilişi uçun asos bölib Nizomda körsatilgan maqsadlarda çet elga çiqiş va barça söralgan hujjatlarni taqdim etiş xizmat qiladi. Bu asoslardan birortasi bajarilmagan taqdirda, ruxsatnoma taqdim etilmaydi.