Ukrainaning Kiyev viloyatida joylaşgan neft bazasi hududida beşta rezervuar yonişda davom etmoqda. Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati rahbari Nikolay Çeçetkinga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Biz yonğinni köpik bilan öçirişga harakat qildik, natijada 800 kub metrlik bitta rezervuarni öçirişga muvaffaq böldik, tuşlikdan keyin navbatdagi köpikli hujumni amalga oşirişga tayyorgarlik körmoqdamiz”, deb aytmoqda Çeçetkin.

Çeçetkinning aytişiça, bundan taşqari yonğinni öçiriş paytida Mudofaa vazirligining öt öçiriş tankidan foydalanilgan.

Avvalroq ikki kundan beri yonğin içida qolgan neft bazasida portlaş sodir bölgani ma'lum qilingan edi.